Asosiy kontentga o‘tish

    Rastamojka to‘lovlari

    Tijorat yuki uchun to‘lov uch qismdan iborat: boj, QQS va bojxona yig‘imi. Quyida 2026-yil noyabrdagi stavkalar va hisoblash misoli. Aniq summa TIF TN kodga bog‘liq.

    Yangilangan:

    import QQSi
    12%
    boj, TIF TN kodga qarab
    0–30%+
    bojxona yig‘imi
    1–25 BHM
    qonundagi rasmiylashtirish muddati
    1 ish kuni

    Rastamojka qancha turadi?

    Formula: boj + QQS + bojxona yig‘imi. Boj tovarning bojxona qiymatidan foizda olinadi, stavka TIF TN kodga bog‘liq. QQS: (bojxona qiymati + boj) × 12%.

    Misol: bojxona qiymati $10 000, boj stavkasi 10%. Boj $1 000. QQS (10 000 + 1 000) × 12% = $1 320. Jami $2 320, ustiga 1 BHM, ya’ni 440 000 so‘m yig‘im. Boj stavkasi 0% bo‘lsa, faqat $1 200 QQS va yig‘im qoladi.

    Manba: buxgalter.uz: таможенное оформление, lex.uz, VMQ 55-son: bojxona yig'imlari, Gazeta.uz: BHM 440 000 so‘m

    Bojxona yig‘imi qancha?

    Bitta deklaratsiya uchun, bojxona qiymatiga qarab: $10 000 gacha 1 BHM; $10–20 ming 1,5 BHM; $20–40 ming 2,5 BHM; $40–60 ming 4 BHM; $60–100 ming 7 BHM; $100–200 ming 10 BHM; $200–500 ming 15 BHM; $500 ming–1 mln 20 BHM; $1 mln va undan ko‘p 25 BHM.

    2026-yil 1-sentabrdan BHM 440 000 so‘m. Tovar oldindan (dastlabki) deklaratsiya qilinsa, yig‘imga 20% chegirma beriladi.

    Bojxona qiymatiYig‘imSo‘mda
    $10 000 gacha1 BHM440 000
    $10 000–20 0001,5 BHM660 000
    $20 000–40 0002,5 BHM1 100 000
    $40 000–60 0004 BHM1 760 000
    $60 000–100 0007 BHM3 080 000
    $100 000–200 00010 BHM4 400 000
    $200 000–500 00015 BHM6 600 000
    $500 000–1 000 00020 BHM8 800 000
    $1 000 000 dan25 BHM11 000 000

    Manba: lex.uz, VMQ 55-son: bojxona yig'imlari, Gazeta.uz: BHM 440 000 so‘m

    Kelib chiqish sertifikati bo‘lmasa nima bo‘ladi?

    Yukni olib kirish taqiqlanmaydi, lekin odatdagi boj ustiga qo‘shimcha boj olinadi. Bu tartib 2026-yil 28-fevraldan ishlaydi (O‘RQ-1097), avvalgi ikki baravar boj bekor qilingan.

    Qo‘shimcha boj: asosiy stavka 10% gacha bo‘lsa +5%, 10–20% bo‘lsa +10%, 20–30% bo‘lsa +15%, 30% va undan yuqori bo‘lsa +20%. Stavkasi 0% tovarga ham +5% qo‘shiladi. Shuning uchun sertifikatni Xitoydagi sotuvchidan yuk jo‘nashidan oldin so‘rang.

    Asosiy boj stavkasiQo‘shimcha boj
    10% gacha (0% ham)+5%
    10–20%+10%
    20–30%+15%
    30% va yuqori+20%

    Manba: lex.uz, ЗРУ-1097, buxgalter.uz: дополнительная пошлина

    Boj stavkasini qayerdan bilaman?

    Stavka tovarning 10 xonali TIF TN (TN VED) kodiga bog‘langan. Kodni bilsangiz, Bojxona qo‘mitasining tarif.customs.uz sahifasida to‘lovlarni oldindan hisoblash mumkin. Kod noto‘g‘ri tanlansa, to‘lov qayta hisoblanadi va jarima bo‘lishi mumkin.

    Kodni bilmasangiz, tovar nomi, tarkibi va rasmini yuboring: boj, QQS va yig‘imni 1 kun ichida bepul hisoblab beramiz.

    Manba: buxgalter.uz: таможенное оформление

    Rastamojka necha kun davom etadi?

    Bojxona kodeksi bo‘yicha deklaratsiya qabul qilinib, hamma hujjat topshirilganidan keyin rasmiylashtirish bir ish kuni ichida o‘tkazilishi kerak. Bu muddatga ruxsatnoma va sertifikat olish, boshqa idoralar tekshiruvi kirmaydi.

    Amalda vaqt hujjatlarga ketadi: muvofiqlik sertifikati yoki sanitariya xulosasi kerak bo‘ladigan tovarlarni oldindan tayyorlang.

    Manba: buxgalter.uz: таможенное оформление

    Importda to‘langan QQSni hisobga olsa bo‘ladimi?

    Ha, korxona QQS to‘lovchisi bo‘lsa va zachyot shartlari bajarilsa, import paytida byudjetga haqiqatan to‘langan QQS hisobga olinadi. Asos bo‘lib bojxona deklaratsiyasi xizmat qiladi, u schyot-faktura o‘rnini bosadi.

    2026-yil 1-oktabrdan xavf darajasi past va QQS guvohnomasi bor importchilarga import QQSini o‘zaro hisobga olish imkoni ham belgilangan.

    Manba: buxgalter.uz: таможенное оформление, UzDaily: реформа таможни

    2027-yildan rastamojkada nima o‘zgaradi?

    2027-yil 1-yanvardan xavf darajasi past importchilarda bojxona qiymati tovar chiqarilgandan keyin tekshiriladi, tovar uchun qat’iy belgilangan (fiks) qiymat qo‘yish taqiqlanadi. Jismoniy shaxslar uchun yagona to‘lov 30% dan 20% ga tushadi.

    2027-yil 1-iyundan kelib chiqish sertifikatidagi kichik farqlar uni rad etishga asos bo‘lmaydi, dastlabki deklaratsiya tartibi soddalashadi.

    Manba: UzDaily: реформа таможни

    Qonun va stavkalar o‘zgarib turadi. Yuk jo‘natishdan oldin summani menejer yoki deklarantga tekshirtiring.

    Yukingiz qancha turadi?

    Og‘irlik va hajmni yozing, menejer narx va muddatni aytadi.

    YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING

    Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.