Asosiy kontentga o‘tish

    HS-kod (TN VED)

    Bitta tovarning boji, sertifikati va cheklovi shu o‘n raqamga bog‘liq. Quyida kodni topish tartibi va eng ko‘p uchraydigan xatolar.

    Yangilangan:

    xona, O‘zbekiston kodi
    10
    xona, xalqaro HS qismi
    6
    rasmiy qidiruv
    tarif.customs.uz

    HS-kod qanday aniqlanadi?

    Besh qadam. 1) Tovar nima, nimadan yasalgan va nima uchun ishlatilishini aniq yozing. 2) Xitoy sotuvchisidan HS kodni so‘rang: birinchi 6 raqami yo‘l ko‘rsatadi. 3) tarif.customs.uz da nom yoki kod bo‘yicha qidiring. 4) Guruh izohlarini o‘qing, o‘xshash kodlarni solishtiring. 5) Shubha bo‘lsa, deklarantga tekshirtiring yoki bojxonadan dastlabki qaror oling.

    Faqat tovar nomi bo‘yicha tanlash xavfli: tarkib va vazifa hal qiladi.

    Manba: buxgalter.uz: таможенное оформление

    10 xonali TN VED kod qanday tuzilgan?

    Birinchi 2 raqam — guruh, 4 raqam — tovar pozitsiyasi, 6 raqam — xalqaro subpozitsiya (dunyoda bir xil), 10 raqam — O‘zbekistonda ishlatiladigan to‘liq kod, boj stavkasi shunga bog‘lanadi. Masalan, 8703 — yengil avtomobillar, 8703 80 — faqat elektr dvigatelli avtomobillar.

    Shuning uchun Xitoy kodini to‘liq ko‘chirib bo‘lmaydi, oxirgi raqamlar farq qiladi.

    Noto‘g‘ri kod bo‘lsa nima bo‘ladi?

    To‘lovlar qayta hisoblanadi, farqi undiriladi, jarima bo‘lishi mumkin. Yuk tekshiruv tugaguncha turib qoladi va omborda saqlash haqi yig‘iladi: bojxona omborida birinchi 10 sutkada 1 tonna uchun kuniga BHMning 3%, keyin 4%. Sertifikat talabi ham o‘zgarishi mumkin.

    Ortiqcha to‘langan holat ham ko‘p uchraydi: stavkasi yuqori kodni tanlab, keraksiz boj to‘lashadi.

    Manba: buxgalter.uz: таможенное оформление, lex.uz, VMQ 55-son

    Qaysi tovarlarda kod ko‘p xato tanlanadi?

    Ko‘p vazifali elektronika (soat-telefon, quvvat banki, LED panel), to‘plamlar (asbob nabori, mebel va furnitura), dastgoh va uning alohida kelgan qismlari, aralash matoli kiyim, ehtiyot qismlar, plastik va metall aralash buyumlar. Dastgoh qismlarga bo‘lib kelsa ham ba’zan butun dastgoh sifatida rasmiylashtiriladi: buni yuk jo‘nashidan oldin kelishish kerak.

    Kodni kimdan bepul bilsam bo‘ladi?

    tarif.customs.uz ochiq va bepul. Yana bir yo‘l: tovar nomi, tarkibi, vazifasi va rasmini bizga yuboring, boj, QQS va yig‘imni 1 kun ichida bepul hisoblab beramiz. Qat’iy javob kerak bo‘lsa, bojxona organidan dastlabki qaror olinadi, uning yig‘imi BHMning 75% i.

    Manba: lex.uz, VMQ 55-son

    Qonun va stavkalar o‘zgarib turadi. Yuk jo‘natishdan oldin summani menejer yoki deklarantga tekshirtiring.

    Yukingiz qancha turadi?

    Og‘irlik va hajmni yozing, menejer narx va muddatni aytadi.

    YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING

    Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.