Asosiy kontentga o‘tish

    Bojxona limiti

    Bu qoidalar shaxsiy ehtiyoj uchun olib kirilgan tovarlarga tegishli. Sotish uchun olib kirilgan tovarga limit ishlamaydi, u tijorat yuki sifatida rasmiylashtiriladi.

    Yangilangan:

    kuryer orqali, 1 oyda
    $200
    xalqaro pochta
    $100
    samolyotda
    $1 000
    avto yoki piyoda
    $300

    O‘zbekistonga bojsiz qancha tovar olib kirish mumkin?

    Shaxsiy ehtiyoj uchun, 2025-yil 1-maydan amaldagi normalar: samolyotda $1 000, poyezd va daryo transportida $500, avtomobil yoki piyoda $300, xalqaro kuryer orqali $200, xalqaro pochta orqali $100.

    Internetda hali ham uchraydigan "samolyotda $2 000" va "chorakda $1 000" raqamlari eskirgan.

    Qanday kiradiBojsiz norma
    Samolyot$1 000
    Poyezd, daryo transporti$500
    Avtomobil, piyoda$300
    Xalqaro kuryer (1 oyda)$200
    Xalqaro pochta$100

    Manba: lex.uz, VMQ 244-son (19.04.2025)

    Xitoydan posilka uchun limit qancha?

    Kuryerlik kompaniyasi orqali kelgan posilkalar uchun bir kalendar oyda $200, oddiy xalqaro pochta uchun $100. 1688, Taobao, Pinduoduo yoki Poizondan olingan shaxsiy xaridlar ham shu normaga kiradi.

    2026-yil 1-noyabrdan kuryerlik jo‘natmalarini rasmiylashtirish yig‘imi 1 kg uchun BHMning 1,6% ini, ya’ni 7 040 so‘mni tashkil etadi.

    Manba: lex.uz, VMQ 244-son (19.04.2025), Gazeta.uz: kuryerlik yig‘imi

    Limitdan oshsa qancha to‘layman?

    Hozir yagona bojxona to‘lovi bojxona qiymatining 30% i, lekin 1 kg uchun kamida $3. 2027-yil 1-yanvardan 20% va 1 kg uchun kamida $2 bo‘ladi. To‘lov normadan oshgan qismga hisoblanadi.

    Misol: samolyotda $1 300 lik telefon olib kirildi. Limit $1 000, oshgan qismi $300. Hozir 300 × 30% = $90, 2027-yildan 300 × 20% = $60.

    Manba: UzDaily: yagona to‘lov 20%

    Qachon limit ishlamaydi?

    Uch holatda: samolyotda qaytganda xorijda 3 kalendar kundan kam, boshqa transportda 2 kundan kam bo‘lgan bo‘lsangiz; bir kalendar oyda xorijga 3 va undan ko‘p marta chiqqan bo‘lsangiz; tovar miqdori yoki takrorlanishi shaxsiy ehtiyojga o‘xshamasa. Birinchi ikki holatda to‘lov tovarning to‘liq qiymatidan olinadi.

    Bir xil tovardan ko‘p dona olib kirsangiz, bojxona uni tijorat yuki deb hisoblashi mumkin.

    Manba: lex.uz, VMQ 244-son (19.04.2025)

    Xitoydan telefon olib kelsam nima qilishim kerak?

    Samolyotda har safar 2 tagacha telefon, umumiy qiymati $1 000 doirasida bojsiz kiradi. Yangi telefonni narxidan qat’i nazar aeroportda yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatish shart: kiosk, ybdweb.customs.uz yoki "Yo‘lovchi deklaratsiyasi" ilovasi orqali. Keyin UzIMEIda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, aks holda telefon 30 kundan so‘ng tarmoqdan uziladi.

    Sotish uchun partiya bilan telefon olib kelish boshqa tartib: tijorat rastamojkasi va muvofiqlik hujjatlari kerak.

    Manba: Spot: telefon va UzIMEI

    Limit doirasida sotish uchun tovar olib kirsa bo‘ladimi?

    Yo‘q. Bojsiz norma faqat shaxsiy, oilaviy ehtiyoj uchun. Sotiladigan tovar import bojxona rejimida, tadbirkor nomiga deklaratsiya bilan rasmiylashtiriladi: boj, 12% QQS va yig‘im to‘lanadi. Buning evaziga tovarni qonuniy sotish va QQSni hisobga olish mumkin.

    Biznes yuki uchun yig‘ma yuk ko‘pincha qulay: kichik partiyani ham hujjat bilan olib kelasiz.

    Manba: lex.uz, VMQ 244-son (19.04.2025)

    Qonun va stavkalar o‘zgarib turadi. Yuk jo‘natishdan oldin summani menejer yoki deklarantga tekshirtiring.

    Yukingiz qancha turadi?

    Og‘irlik va hajmni yozing, menejer narx va muddatni aytadi.

    YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING

    Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.