Asosiy kontentga o‘tish

    Xitoydan avia kargo

    Avia kargo — Xitoydan O‘zbekistonga yuk olib kelishning tez usuli: 5–8 kun. Tijoriy avia narxi o‘rtacha 1 kg uchun $4. Shoshilinch, qimmat yoki kichik partiyalar uchun mos. Yukni omborda qabul qilamiz, qadoqlaymiz, hujjatlashtiramiz va Toshkentda rastamojka qilamiz.

    FAST · Yuk xati
    Yuk samolyotiga yuklash
    O‘rtacha narx
    $4
    1 kg
    Muddat
    5–8
    kun

    Avia kargo qanday ishlaydi?

    Yetkazib beruvchingiz tovarni Xitoydagi omborimizga topshiradi. Biz yukni tekshiramiz, aviaga mos qadoqlaymiz va invoys, qadoqlash varag‘i hamda avia yuk xatini tayyorlaymiz.

    Aviada hisob og‘irlik bo‘yicha. Hajmi katta, lekin yengil yukda narx o‘zgarishi mumkin, shuning uchun arizada og‘irlik bilan birga hajmni ham yozing.

    Sizga mos, agar

    • yuk tez kerak bo‘lsa
    • tovar qimmat, lekin yengil bo‘lsa
    • namuna yoki birinchi partiyani sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz
    • mavsumga ulgurish kerak bo‘lsa

    Boshqasi yaxshiroq, agar

    Avia yuk Toshkentga qanday keladi?

    1. Ariza

      Tovar turi, og‘irlik va hajmni yozasiz.

    2. Omborga qabul

      Yuk Xitoydagi omborda qabul qilinadi va tekshiriladi.

    3. Qadoqlash

      Aviaga mos qadoqlanadi va yorliqlanadi.

    4. Hujjat

      Invoys, qadoqlash varag‘i va avia yuk xati tayyorlanadi.

    5. Reys va rastamojka

      Yuk uchadi, yetib kelgach rastamojka qilamiz.

    6. Manzilingiz

      Toshkent yoki viloyatga yetkazamiz.

    Avia kargo narxi qancha?

    Tijoriy avia o‘rtacha 1 kg uchun $4. Og‘irlikni shu narxga ko‘paytirasiz. Hajmi katta, yengil yuk va maxsus tovarlarni menejer alohida hisoblaydi.

    • 50 kg$200
    • 100 kg$400
    • 500 kg$2 000
    Kalkulyator

    Tayyor misollar

    Hisob o‘rtacha narx bo‘yicha, yakuniy taklif emas. Aniq narx va unga nimalar kirishini menejer aytadi.

    • Avia (tijoriy)

      Shoshilinch yuk

      5–8 kun $4 / 1 kg

      taxminan$4 800

      Aniq narxni olish
    • Yig‘ma yuk

      Eng arzoni

      Kichik va o‘rta partiya, avto yo‘lda

      14–18 kun $140 / 1 m³

      taxminan$700

      Aniq narxni olish
    • To‘liq fura

      Butun mashina sizning yukingizga

      14–18 kun $12 000 / 1 fura

      taxminan$12 000

      Aniq narxni olish

    . Hamma narxlar

    Uch usulni solishtiring

    UsulO‘rtacha narxMuddatQaysi yukka mos
    Yig‘ma yuk$1401 m³14–18 kunKichik va o‘rta partiya, avto yo‘lda
    Avia (tijoriy)$41 kg5–8 kunShoshilinch yuk
    To‘liq fura$12 0001 fura14–18 kunButun mashina sizning yukingizga

    Qanday hujjatlar kerak?

    • Invoys: tovar nomi, soni va narxi
    • Qadoqlash varag‘i (packing list): o‘rinlar soni, og‘irlik, hajm
    • Yuk xati: avto yo‘lda CMR, aviada avia yuk xati
    • Bojxona hujjatlari: deklaratsiya va tovarga qarab ruxsatnomalar

    Rastamojka narxini bepul hisoblatish

    Avia kargo haqida savollar

    O‘rtacha 5–8 kun. Aniq kun reys, tovar turi va rastamojkaga bog‘liq.

    Tijoriy avia o‘rtacha 1 kg uchun $4. 100 kg yuk taxminan $400 bo‘ladi.

    500 kg, 2 m³ yuk uchun avia o‘rtacha $2 000, yig‘ma yuk $280. Aviada yuk tezroq keladi.

    Bunday tovarlarga aviada cheklov bo‘lishi mumkin. Arizada tovarni aniq yozing, menejer mumkin yoki yo‘qligini aytadi.

    Yengil, lekin katta yuk samolyotda ko‘p joy oladi. Shuning uchun avia tashuvda hajm kilogrammga aylantirilib hisoblanishi mumkin. Og‘irlik bilan hajmni birga yozing.

    Ha, Toshkent va viloyatlarga yetkazamiz.

    YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING

    Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.