Xitoydan Toshkentgacha
Yuk Iu va Guanchjou omborlaridan Kashgarga keladi, u yerdan ikki avto yo‘lning biriga chiqadi. Nuqtani bosing, u yerda nima bo‘lishini o‘qing. Chiziqlar sxematik.
Xaritani yon tomonga suring.
Asosiy ombor
Kashgar
喀什
Iu va Guanchjoudan kelgan yuklar shu yerda bitta furaga jamlanadi, 2–3 kun ketadi. Kashgardan yuk Qirg‘iziston yoki Qozog‘iston yo‘liga chiqadi.
Yo‘ldagi nuqtalar
Iu
Qabul ombori
Mayda tovarlarning eng katta ulgurji bozori shu shaharda. Zavod va sotuvchilar yukni omborimizga bepul topshiradi, bu yerdan Kashgarga har kuni jo‘naydi, yo‘l 4–5 kun.
Guanchjou
Qabul ombori
Kiyim, mato, elektronika va ehtiyot qism bozorlari shahri. Yuk omborimizga bepul qabul qilinadi va Kashgarga jo‘naydi, yo‘l 4–5 kun.
Kashgar
Asosiy ombor
Iu va Guanchjoudan kelgan yuklar shu yerda bitta furaga jamlanadi, 2–3 kun ketadi. Kashgardan yuk Qirg‘iziston yoki Qozog‘iston yo‘liga chiqadi.
Irkeshtam
Xitoy–Qirg‘iziston chegarasi
A marshrutdagi avto o‘tkazish punkti. Xitoy bayramlarida yopiladi, kuzda navbat ko‘payadi: 2026-yil 9-noyabrda 70 km gacha yuk mashinalari navbati xabar qilingan.
Torugart
Xitoy–Qirg‘iziston chegarasi
Ikkinchi avto punkt. Qirg‘iziston uning Xitoy qismini kecha-kunduz ishlatishni taklif qilgan. Qurilayotgan temir yo‘l shu yerdan o‘tadi.
O‘sh · Do‘stlik
Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasi
Kashgardan O‘shgacha 1–2 kun. Bu yerda CMR rasmiylashtirilib plomba qo‘yiladi. Do‘stlikdagi navbat odatda 2 kun atrofida, undan Toshkentgacha 1 kun.
Andijon
Temir yo‘lning oxirgi bekati
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li Kashgardan boshlanib shu yerda O‘zbekiston temir yo‘llariga ulanadi. Uzunligi 523 km, ishga tushish rejasi 2030–2031-yil.
Jalolobod
Temir yo‘l bekati (qurilmoqda)
Yangi temir yo‘lning Qirg‘izistondagi yirik bekati. Qirg‘iziston qismi 304 km, unda 29 tunnel va 50 ko‘prik rejalangan.
Xorgos
Xitoy–Qozog‘iston chegarasi
B marshrut boshlanadigan joy. Istalgan turdagi mashina, jumladan trall o‘tadi, shuning uchun og‘ir va nostandart yuk shu yo‘ldan yuboriladi.
Yallama
Qozog‘iston–O‘zbekiston chegarasi
B marshrutda yuk Qozog‘iston hududidan O‘zbekistonga kiradigan punkt.
Toshkent
Yetkazib berish
Yuk rastamojkadan o‘tib manzilingizga yetkaziladi. Avto yo‘l jami 14–18 kun, avia 5–8 kun. Viloyatlarga ham yetkazamiz.
YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING
Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.
