1688, Taobao, Pinduoduo, Poizon
Xitoy saytlarining aksariyati O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazmaydi. Ishlaydigan yo‘l bitta: tovar Xitoydagi omborga boradi, u yerdan kargo bilan keladi.
Yangilangan:
- ulgurji, zavod narxi
- 1688
- eksport, inglizcha
- Alibaba
- dona savdo
- Taobao
- poyabzal va kiyim
- Poizon
1688 dan qanday buyurtma beriladi?
Besh qadam. 1) 1688 da tovarni rasm yoki xitoycha nom bilan toping, eng kam buyurtma miqdorini (起批) tekshiring. 2) Sotuvchiga yozib, o‘lcham, og‘irlik, quti soni va hujjatni aniqlang. 3) Yetkazish manziliga Xitoydagi ombor manzilini yozing, uni menejerdan olasiz. 4) To‘lovni o‘zingiz yoki vositachi orqali qiling. 5) Trek raqamni menejerga bering: yuk omborga kelganda qabul qilinadi va jo‘natiladi.
1688 xitoy ichki bozori uchun, shuning uchun sayt xitoycha, sotuvchilar esa O‘zbekistonga o‘zi yubormaydi.
1688, Taobao, Alibaba va Pinduoduo nima bilan farq qiladi?
1688 — Xitoy ichidagi ulgurji bozor, zavod va ombor narxlari, sayt xitoycha. Alibaba — eksport uchun, inglizcha, sotuvchilar hujjat bilan ishlaydi, lekin narx odatda balandroq va partiya kattaroq. Taobao — dona savdo, tanlov keng. Pinduoduo — arzon chakana tovarlar, guruh bilan xarid. Poizon (Dewu) — brend poyabzal va kiyim, asllikni tekshirish bilan.
Sotish uchun olsangiz, 1688 yoki Alibaba’dan boshlang.
| Sayt | Nima uchun | Narx va partiya |
|---|---|---|
| 1688 | ulgurji, Xitoy ichki bozori | zavod narxi, eng kam partiya bor |
| Alibaba | eksport, inglizcha | qimmatroq, partiya kattaroq |
| Taobao | dona savdo | o‘rtacha, 1 donadan |
| Pinduoduo | arzon chakana | past, sifat har xil |
| Poizon | brend poyabzal, kiyim | yuqori, asllik tekshiriladi |
1688 va Pinduoduo O‘zbekistonda ishlaydimi?
Saytlar ochiladi va ro‘yxatdan o‘tish mumkin, lekin O‘zbekistonga yetkazish yo‘q va interfeys xitoycha. Brauzer tarjimoni yoki rasm bilan qidirish yordam beradi. Telefon raqami tasdiqlanmasa yoki karta o‘tmasa, xaridni vositachi qilib beradi.
Ilovani faqat rasmiy do‘kondan yuklang: norasmiy APK fayllar karta ma’lumotini o‘g‘irlashi mumkin.
Xitoylik sotuvchini qanday tekshirish kerak?
Savdo litsenziyasi (营业执照) nusxasini so‘rang va undagi 18 xonali ro‘yxat raqamini Xitoyning rasmiy gsxt.gov.cn reyestrida tekshiring: kompaniya nomi, faoliyat turi va holati mos kelsin. Do‘kon yoshi, qayta xarid foizi va sharhlarga qarang. Ishlab chiqarishdan video so‘rang, avval namuna oling.
To‘lov hisobi kompaniya nomiga bo‘lsin. Shaxsiy kartaga katta summa so‘ralsa, bu ogohlantiruvchi belgi.
Xitoydagi ombor manzilini qanday olaman?
Ariza qoldiring yoki menejerga yozing: tovar qaysi shahardan chiqishiga qarab Iu yoki Guanchjou ombori manzilini, belgini (markirovka) va qabul qoidasini yuboradi. Zavodlar yukni shu ikki omborga bepul yetkazadi. Sotuvchiga manzilni xitoycha matnda bering va har bir qutiga markirovka yozdiring, aks holda yuk omborda egasiz qolishi mumkin.
1688 dan olingan tovar Toshkentgacha qancha tushadi?
Tannarx = tovar narxi + Xitoy ichidagi yetkazish + kargo + rastamojka (boj, 12% QQS, yig‘im) + vositachi va pul o‘tkazish haqi. Misol: $2 000 lik 2 m³ tovar, kargo 2 × 140 = $280, boj 10% bo‘lsa boj va QQS taxminan $465, ustiga 440 000 so‘m yig‘im. Jami taxminan $2 780, ya’ni tovar narxiga 40% atrofida qo‘shiladi.
Bu misol: aniq foiz tovar turi va bojga bog‘liq.
Manbalar
- 1.lex.uz, VMQ 244-son
- 2.Spot: HUMO va Alipay+ 10.03.2026
Qonun va stavkalar o‘zgarib turadi. Yuk jo‘natishdan oldin summani menejer yoki deklarantga tekshirtiring.
Yukingiz qancha turadi?
Og‘irlik va hajmni yozing, menejer narx va muddatni aytadi.
YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING
Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.
