Asosiy kontentga o‘tish

    Xitoydan yig‘ma yuk

    Yig‘ma yuk (sborniy) — bir nechta mijozning yuki bitta furada birga keladigan usul. Siz butun mashina uchun emas, faqat o‘z hajmingiz uchun to‘laysiz. Xitoydan Toshkentga o‘rtacha narx 1 m³ uchun $140, muddat 14–18 kun. Yukni Iu va Guanchjou omborlarida qabul qilamiz.

    FAST · Yuk xati
    Yuklar saqlanadigan ombor
    O‘rtacha narx
    $140
    1 m³
    Muddat
    14–18
    kun

    Yig‘ma yuk qanday ishlaydi?

    Yetkazib beruvchingiz tovarni Iu (Yiwu) yoki Guanchjoudagi omborimizga topshiradi. Omborda yuk tekshiriladi, ro‘yxatga olinadi va qadoqlanadi. Bir nechta zavoddan olgan bo‘lsangiz, hammasini bitta jo‘natmaga jamlaymiz.

    Keyin yuk Kashgardagi asosiy omborga boradi. U yerda turli mijozlarning yuklari bitta furaga jamlanadi. Shu sababli kichik partiya ham arzonga tushadi: mashina xarajati hamma o‘rtasida bo‘linadi.

    Sizga mos, agar

    • yukingiz butun furani to‘ldirmasa
    • tovarni bir nechta zavoddan olsangiz
    • muddatdan ko‘ra narx muhimroq bo‘lsa
    • doimiy kichik partiyalar olib kelsangiz

    Boshqasi yaxshiroq, agar

    Yig‘ma yuk Toshkentga qanday keladi?

    1. Ariza

      Tovar turi, og‘irlik va hajmni yozasiz. Menejer narx va muddatni hisoblaydi.

    2. Iu yoki Guanchjou ombori

      Yuk qabul qilinadi, tekshiriladi va qadoqlanadi.

    3. Kashgarga yo‘l

      Yuk har kuni jo‘naydi, yo‘l 4–5 kun.

    4. Jamlash

      Yuklar bitta furaga jamlanadi, 2–3 kun.

    5. Chegara va rastamojka

      Hujjatlarni oldindan tayyorlaymiz, rastamojkani o‘zimiz qilamiz.

    6. Toshkent yoki viloyat

      Yukni manzilingizga yetkazamiz.

    Yig‘ma yuk narxi qancha?

    O‘rtacha narx 1 m³ uchun $140. Yukning hajmini shu narxga ko‘paytirasiz. 1 m³ dan kam yoki juda og‘ir yukni menejer alohida hisoblaydi.

    • 1 m³$140
    • 3 m³$420
    • 10 m³$1 400
    Kalkulyator

    Tayyor misollar

    Hisob o‘rtacha narx bo‘yicha, yakuniy taklif emas. Aniq narx va unga nimalar kirishini menejer aytadi.

    • Yig‘ma yuk

      Eng arzoni

      Kichik va o‘rta partiya, avto yo‘lda

      14–18 kun $140 / 1 m³

      taxminan$700

      Aniq narxni olish
    • Avia (tijoriy)

      Shoshilinch yuk

      5–8 kun $4 / 1 kg

      taxminan$4 800

      Aniq narxni olish
    • To‘liq fura

      Butun mashina sizning yukingizga

      14–18 kun $12 000 / 1 fura

      taxminan$12 000

      Aniq narxni olish

    . Hamma narxlar

    Uch usulni solishtiring

    UsulO‘rtacha narxMuddatQaysi yukka mos
    Yig‘ma yuk$1401 m³14–18 kunKichik va o‘rta partiya, avto yo‘lda
    Avia (tijoriy)$41 kg5–8 kunShoshilinch yuk
    To‘liq fura$12 0001 fura14–18 kunButun mashina sizning yukingizga

    Qanday hujjatlar kerak?

    • Invoys: tovar nomi, soni va narxi
    • Qadoqlash varag‘i (packing list): o‘rinlar soni, og‘irlik, hajm
    • Yuk xati: avto yo‘lda CMR, aviada avia yuk xati
    • Bojxona hujjatlari: deklaratsiya va tovarga qarab ruxsatnomalar

    Rastamojka narxini bepul hisoblatish

    Yig‘ma yuk haqida savollar

    Ha. Sborniy, yig‘ma yuk va konsolidatsiya bir usulni bildiradi: bir nechta mijozning yuki bitta mashinada keladi.

    Ha. Turli yetkazib beruvchilardan kelgan yuklarni omborda yig‘ib, bitta jo‘natmaga birlashtiramiz.

    Har bir qutining uzunligi, eni va balandligini metrda ko‘paytiring va qutilar soniga ko‘paytiring. Masalan, 0,5 × 0,4 × 0,5 m quti 0,1 m³ bo‘ladi, 10 ta quti 1 m³.

    Avto yo‘lda o‘rtacha 14–18 kun. Shundan Kashgargacha yo‘l 4–5 kun, jamlash 2–3 kun, qolgani chegara va Toshkentgacha yo‘l.

    Arizada yozing. Mo‘rt yukni omborda maxsus qadoqlaymiz va yorliqlaymiz.

    Rastamojkani biz qilamiz. Hujjatlarni oldindan tayyorlaymiz va xatolarning oldini olamiz.

    YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING

    Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.