Ishonchli kargo tanlash
Yaxshi kargo savollaringizga yozma javob beradi. Quyidagi mezonlar bilan istalgan kompaniyani, jumladan bizni ham tekshiring.
Yangilangan:
Ishonchli kargo kompaniyani qanday tanlash kerak: 7 ta mezon
1) Narx tarkibi yozma: nima kiradi, nima kirmaydi. 2) Yo‘l aniq: qaysi ombor, qaysi chegara, har bosqich necha kun. 3) O‘z ombori bor va yukni qabul qilganda ro‘yxatga oladi. 4) Rastamojkani kim qilishi va deklaratsiya kimning nomiga chiqishi ma’lum. 5) Yo‘qolish va shikastlanish uchun javobgarlik shartnomada. 6) Yuk qayerdaligini so‘rasangiz, kimdir javob beradi. 7) Haqiqiy mijozlar sharhi va ofis manzili bor.
Yetti savoldan ikkitasiga javob yo‘q bo‘lsa, boshqa kompaniyani ko‘ring.
Birinchi qo‘l tashuvchini vositachidan qanday ajratish mumkin?
Uch savol bering: Xitoydagi ombor kimniki va uning aniq manzili qayerda; furaga yuk qachon va qayerda jamlanadi; rastamojkani qaysi deklarant qiladi. O‘zi tashiydigan kompaniya darhol aniq javob beradi, vositachi "so‘rab beraman" deydi.
Vositachi yomon degani emas, lekin narx ustama bilan keladi va muammo chiqsa javobgar topish qiyinlashadi.
"Pod klyuch" yetkazish nima?
Pod klyuch — yuk zavoddan eshigingizgacha bitta kompaniya javobgarligida kelishi: omborga qabul, jamlash, yo‘l, chegara, rastamojka va manzilga yetkazish. Siz tovar va sotuvchi bilan shug‘ullanasiz, qolgani kompaniyada.
Mustaqil importda har bosqichni o‘zingiz boshqarasiz: arzon chiqishi mumkin, lekin kod, hujjat yoki chegaradagi xato ham sizning zimmangizda. Birinchi yuk uchun pod klyuch xavfsizroq.
| Bosqich | Pod klyuch | Mustaqil import |
|---|---|---|
| Xitoy ichidagi qabul | kompaniya | siz |
| Yo‘l va chegara | kompaniya | siz yoki tashuvchi |
| TIF TN kod va deklaratsiya | kompaniya deklaranti | siz yoki broker |
| Xato uchun javobgar | shartnoma bo‘yicha kompaniya | siz |
Xitoydan birinchi marta yuk olib kelyapman, nimadan boshlash kerak?
Kichik partiyadan boshlang: 1–3 m³ yig‘ma yuk xatoni arzonlashtiradi. Tartib: tovar nomi va rasmini yuboring, TIF TN kod va bojni aniqlang, kargo va rastamojka bilan tannarxni hisoblang, namuna oling, keyin partiya buyurtma qiling. Invoys va qadoqlash varag‘ini sotuvchidan oldindan so‘rang.
Tannarxni hisoblamasdan to‘lov qilmang: foyda ko‘pincha yo‘l va bojda yo‘qoladi.
Firibgar kargodan qanday saqlanish mumkin?
Ogohlantiruvchi belgilar: narx bozordan ikki baravar past, faqat Telegram orqali ishlaydi va manzili yo‘q, to‘liq oldindan to‘lovni shaxsiy kartaga so‘raydi, shartnoma bermaydi, "hujjatsiz, tinch o‘tadi" deydi. Kompaniya nomini soliq reyestrida (INN bo‘yicha) tekshiring, ofisga borib ko‘ring, kichik yukdan boshlang.
Qonun va stavkalar o‘zgarib turadi. Yuk jo‘natishdan oldin summani menejer yoki deklarantga tekshirtiring.
Yukingiz qancha turadi?
Og‘irlik va hajmni yozing, menejer narx va muddatni aytadi.
YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING
Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.
