Asosiy kontentga o‘tish

    Yuan kursi va Xitoyga to‘lov

    Quyida Markaziy bankning rasmiy kursi turadi. Banklar va pul o‘tkazish xizmatlari o‘z kursi bilan ishlaydi, shuning uchun amalda biroz farq qiladi.

    Yangilangan:

    Markaziy bank kursi,

    1 ¥ =1 799,17so‘m

    Xitoydagi yetkazib beruvchiga qanday to‘lash mumkin?

    Tadbirkor uchun asosiy yo‘l bank o‘tkazmasi: shartnoma yoki invoys asosida, yuan yoki dollarda, yetkazib beruvchi kompaniyasining hisobiga. Bu yo‘l rastamojkada narxni tasdiqlaydi. 2026-yil 1-sentabrdan shartnomasiz, invoys bo‘yicha importda oldindan to‘lovga qo‘yilgan cheklov bekor qilingan.

    Kichik xaridda Alipay yoki vositachi orqali to‘lanadi, lekin unda bojxona uchun invoys va to‘lov hujjatini alohida so‘rang.

    Manba: UzDaily: invoys bo‘yicha import

    Alipay O‘zbekistonda ishlaydimi?

    Ikki yo‘nalishda ishlaydi. Xitoyda: HUMO kartasi bor odam bank ilovasi orqali (masalan, Aloqabankning Zoomrad ilovasi) Alipay+ QR kodi bilan do‘konda to‘laydi. O‘zbekistonda: 2026-yil avgustdan xorijiy Alipay+ hamyonlari UzQR kodini o‘qiydi.

    Bu do‘kondagi QR to‘lovi. 1688 yoki Taobao‘da onlayn xarid uchun esa Alipay hisobiga xalqaro Visa yoki Mastercard ulanadi, lekin sotuvchi yoki sayt uni har doim ham qabul qilmaydi.

    Manba: Spot: HUMO va Alipay+, Aloqabank, iPaknews: HUMO va Alipay+ UzQR

    Alipay’ni O‘zbekistondan qanday ochish mumkin?

    Ilovani App Store yoki Google Play’dan yuklang, +998 raqamingiz bilan ro‘yxatdan o‘ting, pasport bilan shaxsni tasdiqlang va xalqaro kartani ulang. Tasdiqlanmagan hisobda limit past bo‘ladi. Karta o‘tmasa, boshqa bank kartasini sinang yoki to‘lovni vositachiga topshiring.

    Telegram chatlarda "yuan sotaman" deydigan notanish odamlarga pul yubormang: bu eng ko‘p uchraydigan firibgarlik.

    WeChat qanday ochiladi va nima uchun kerak?

    WeChat — Xitoydagi asosiy messenjer, sotuvchilar shu yerda gaplashadi, narx va video yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tishda ko‘pincha tizim tasdiq so‘raydi: hisobi kamida yarim yil ishlayotgan tanish sizning QR kodingizni skanerlashi kerak. Faqat bitta qurilmadan kiring, ro‘yxatdan o‘tgan zahoti ko‘p odamga yozmang, aks holda hisob bloklanadi.

    Tovar narxini yuanda yoki dollarda kelishgan ma’qulmi?

    Xitoy ichki bozorida (1688, Iu) narx yuanda, eksport zavodlari dollarda ham beradi. Ikkala narxni so‘rab, o‘sha kungi kurs bo‘yicha solishtiring: dollar narxiga sotuvchi ko‘pincha kurs xavfini qo‘shadi. Kargo narxi bizda dollarda hisoblanadi, rastamojka to‘lovlari so‘mda, Markaziy bank kursi bo‘yicha to‘lanadi.

    Qonun va stavkalar o‘zgarib turadi. Yuk jo‘natishdan oldin summani menejer yoki deklarantga tekshirtiring.

    Yukingiz qancha turadi?

    Og‘irlik va hajmni yozing, menejer narx va muddatni aytadi.

    YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING

    Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.