To‘lov
HUMO va Alipay+ ikki tomonga ishlay boshladi
HUMO egalari Xitoyda QR bilan to‘lay oladi, xorijiy Alipay+ hamyonlari esa endi O‘zbekistonda UzQR kodini o‘qiydi.
Ikkinchi yo‘nalish 28-avgustda Toshkentdagi Silk Road Finance & Technology Forum 2026 da ishga tushirildi. Hamkorlik 2025-yil oktabrda boshlangan, 2026-yil martda Aloqabankning Zoomrad ilovasida Xitoyda to‘lash imkoni paydo bo‘lgan.
Pul HUMO kartasidan yechiladi va avtomatik aylantiriladi.
Importchi uchun nima degani
Bozorga borganda naqd yuan kamroq kerak bo‘ladi. Zavodga katta to‘lov uchun esa baribir bank o‘tkazmasi va invoys kerak.
