Asosiy kontentga o‘tish

    Xitoydan qaysi tovarlar keladi

    Har bir tovarning o‘z nozik joyi bor: biriga hajm muhim, biriga sertifikat, biriga qadoq. Quyida eng ko‘p so‘raladiganlari.

    Yangilangan:

    Xitoydan tovar olib kelish tartibi qanday?

    1) Tovarni tanlang va TIF TN kodini aniqlang. 2) Kargo, boj va QQSni oldindan hisoblatib, tannarxni chiqaring. 3) Namuna oling, sotuvchini tekshiring. 4) Invoys va shartnoma tuzing, to‘lang. 5) Yukni Iu yoki Guanchjou omboriga topshiring. 6) Yuk Kashgarda jamlanib, chegaradan o‘tadi. 7) Rastamojka qilinadi va manzilingizga yetkaziladi.

    Ikkinchi qadamni o‘tkazib yuborish eng qimmat xato.

    Xitoydan stanok yoki uskuna qanday olib kelinadi?

    Kerakli ma’lumot: model, quvvat, og‘irlik, o‘lcham, qutisiz yoki yog‘och qutida. Kichik uskuna yig‘ma yukda, katta liniya to‘liq furada, nostandart og‘ir yuk Qozog‘iston orqali (trall o‘tadi) keladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik uskunalar maxsus ro‘yxat bo‘yicha bojdan ozod bo‘lishi mumkin (VMQ 352-son, 2021), buni buyurtmadan oldin kod bo‘yicha tekshirtiring.

    Manba: buxgalter.uz: ВЭД

    Xitoydan mebel olib kelish foydalimi?

    Mebelda asosiy xarajat hajm: 1 m³ o‘rtacha $140. Shuning uchun yig‘iladigan (demontaj) model tanlang, qutidagi hajmni sotuvchidan so‘rang. Bitta xona mebeli odatda yig‘ma yukda keladi, do‘kon yoki mehmonxona uchun katta partiya to‘liq furada arzonroq. Burchaklarni himoyalash va oyna uchun yog‘och karkas so‘rang.

    Xitoydan kiyim olib kelish uchun nima kerak?

    Kiyim yengil va siqiladi: vakuum qadoq hajmni kamaytiradi, mavsum boshida shoshilinch partiya aviada foydali. Invoysda tarkib (paxta, polyester foizi), jinsi va turi aniq yozilsin, chunki TIF TN kod shundan tanlanadi. Muvofiqlik sertifikati va yorliq talablarini oldindan aniqlang. Brend nusxalarini olib kirmang.

    Batareya, powerbank, suyuqlik va kosmetika tashiladimi?

    Bular xavfli yoki cheklangan yuk hisoblanishi mumkin. Litiy batareya uchun odatda UN38.3 sinov bayonnomasi va MSDS (xavfsizlik pasporti) so‘raladi, aviada qoidalar qattiqroq. Qirg‘iziston orqali marshrutda xavfli yuk tashilmaydi, shunday yuk Qozog‘iston orqali ko‘rib chiqiladi.

    Yukni topshirishdan oldin tovar nomi va tarkibini menejerga yozing: yashirilgan xavfli yuk butun furani to‘xtatadi.

    Telefon partiyasini olib kelsa bo‘ladimi?

    Ha, tijorat importi sifatida: boj, 12% QQS, muvofiqlik hujjatlari va IMEI ro‘yxati bilan. 2026-yilning 10 oyida O‘zbekistonga rasmiy yo‘l bilan 4,1 million telefon kiritilgan. Bojxona qo‘mitasi vakili 11-noyabrda O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lgach telefon boji nolga tushishini aytdi, QQS qoladi. JSTga kirish 2027-yilga mo‘ljallangan.

    Manba: Spot: телефоны

    Qonun va stavkalar o‘zgarib turadi. Yuk jo‘natishdan oldin summani menejer yoki deklarantga tekshirtiring.

    Yukingiz qancha turadi?

    Og‘irlik va hajmni yozing, menejer narx va muddatni aytadi.

    YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING

    Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.